Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qildimi?

Ukraina Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qildimi?

Rossiya tashqi ishlar vaziri Ukrainani Putinning Valdaydagi qarorgohiga 91 ta dron bilan hujum qilishda aybladi.

Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, 29 dekabrga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Valdaydagi davlat qarorgohiga 91 ta dron uchirgan, ularning barchasi yo‘q qilingan.

Rossiya TIV rahbari, shuningdek, ushbu hujum sabab Moskva muzokaralardagi o‘z pozisiyasini “Kiyev rejimining davlat terrorizmi siyosatiga o‘tishini inobatga olgan holda” qayta ko‘rib chiqishini bildirdi.

"Rossiya prezidentining davlat qarorgohiga hujumdan so‘ng Moskva javob zarbasi beriladigan ob’ektlar va vaqtni belgilaydi", — deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

Kiritildi: 21:58 29.12.2025. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!