Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin qachon Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qiladi?

Putin qachon Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qiladi?

Ukraina va Rossiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy hamda Vladimir Putin besh yildan ortiq vaqt ichida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali muloqot qilishi mumkin. Bu ssenariy AQSh prezidenti Donald Trampning Floridada Zelenskiy bilan uchrashuvidan so‘ng muhokama qilinmoqda, deya Fox News muzokaralar jarayonidan xabardor manbaga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning aytishicha, Kiyev va Moskva o‘rtasidagi ehtimoliy aloqa tinchlik jarayonini boshlash yo‘lidagi ilk real qadam sifatida ko‘rilmoqda.

Telekanal ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyati bunday qo‘ng‘iroqni Zelenskiy bilan Mayamidagi uchrashuvning asosiy diplomatik natijasi sifatida ko‘rmoqda. Oq uyda liderlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yillar davomida tugul holatda qolgan muzokaralarni ochib berishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

Trampning o‘zi jarayon tayyorgarligida shaxsan ishtirok etayotganini va ukrain mavzusini allaqachon Putin bilan muhokama qilganini ma’lum qildi. U suhbatni «yaxshi va juda samarali» deb atab, kelishuv uchun asos ko‘rayotganini bildirdi. Siyosatchi ta’kidlashicha, agar tomonlar hozir kelisha olmasa, urush uzoq oylarga cho‘zilib, yangi qurbonlarga olib kelishi mumkin.

Na Kreml, na Zelenskiy ofisi ehtimoliy qo‘ng‘iroq tayyorlanayotganini tasdiqlagan.

Floridadagi muzokaralar Trampning Oq uyga qaytganidan so‘ng uning Zelenskiy bilan o‘tkazgan uchinchi shaxsiy uchrashuvi bo‘ldi. Muzokaralar markazida AQSh va Yevropa hamkorlari bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan 20 banddan iborat tinchlik rejasi turdi. Ushbu hujjat Kiyev va Moskva tomonidan muayyan murosalarni nazarda tutadi hamda liderlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani istisno etmaydi.

Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi so‘nggi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot 2020 yilda bo‘lib o‘tgan va hech qanday yutuqlarsiz yakunlangan — aksincha, o‘shandan beri Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar yanada yomonlashgan, deya ta’kidlaydi Fox News.

Shundan so‘ng Moskva to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalardan voz kechib, vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga rozi emasligini bildirgan — Kreml keng qamrovli tinchlik kelishuvini talab qilmoqda.

Kiyevda esa murakkab qarorlarni muhokama qilishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda. Zelenskiy Donbass ustidan Rossiya nazoratini yuridik jihatdan tan olmasdan turib, sharqda ukrain qo‘shinlarini cheklangan miqdorda olib chiqish, shuningdek, demilitarizasiya qilingan hududlar yaratish imkoniyatini istisno etmagan.

Kiritildi: Bugun 18:21. O'qildi: 1122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!