Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Maktab va kollej bitiruvchilari 1 yillik harbiy xizmatga jalb qilinadi

Maktab va kollej bitiruvchilari 1 yillik harbiy xizmatga jalb qilinadi

Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

"Buyuk Britaniya hukumati maktab va kollej bitiruvchilari (25 yoshgacha) uchun armiyada, flotda yoki havo kuchlarida bir yil davomida harbiy xizmatni sinab ko‘rish imkonini beruvchi yangi dasturni ishga tushirmoqda. Dastur uzoq muddatli majburiyatlarni talab qilmaydi. Arizalar 2026 yil bahorida qabul qilina boshlaydi", deya xabar bermoqda nashr.

BBC manbalariga ko‘ra, dastlabki bosqichda 150 nafar ishtirokchi qabul qilinadi, keyinchalik yillik kvota 1000 nafargacha oshirilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar jangovar operasiyalarga yuborilmaydi, o‘quv dasturlarining mazmuni ishlab chiqilmoqda.

Dastur harbiy xizmatga qabul qilish va kadrlarni ushlab qolish bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan. Harbiy tayyorgarlikni quruqlik qo‘shinlari, flot yoki havo kuchlarida o‘tash mumkin bo‘ladi. Xizmat uchun haq to‘lanadi, biroq maosh miqdori hozircha e’lon qilinmagan.

Bundan tashqari, 30 o‘rinli ofiserlar tayyorlash bo‘yicha alohida dastur ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda oliygohda o‘qishdan oldin, o‘qish davomida yoki undan keyin qatnashish mumkin.

Kiritildi: 23:44 27.12.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!