Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Putinning qarorgohiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.
"Rossiya Putinning qarorgohiga zarba berilgani haqidagi yolg‘on xabarlarni Ukrainaga qarshi yangi hujumlarni va muzokaralardan voz kechishni oqlash uchun tarqatmoqda. Hozir hammamiz judayam hushyor bo‘lishimiz kerak, Rossiya Kiyevga kuchli zarbalar berishi mumkin”, — dedi Zelenskiy.
Shuningdek, u AQSh Rossiya tomonidan kelayotgan tahdidlarga munosib tarzda javob berishi kerakligini aytdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kreml tinchlik muzokaralari doirasida Ukraina va AQSh o‘rtasida erishilgan ijobiy siljishni izdan chiqarishni istamoqda.