Gruziyaning sobiq mudofaa vaziri Bacho Axalaya Tbilisida 2024 yil 4 oktyabrda Tbilisida zo‘ravonlik namoyishi va prezident saroyiga bostirib kirishni tashkil qilgani uchun hibsga olindi.
Bu haqda mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lum qildi.
Ish yuzasidan uning rafiqasi ham hibsga olingan, biroq u hozircha qo‘yib yuborilgan.
"Sudyaning ajrimi asosida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida, 4 oktyabr kuni sodir bo‘lgan jinoiy voqealar paytida Axalaya onlayn ariza orqali ushbu voqealarni boshqargani va asosiy tashkilotchisi bo‘lganligi aniqlandi. Shuningdek, u Burchuladze, Zodelava, Nadiradze, Manjgaladze va Beridzelar bilan mobil ilovalar orqali bir necha bor aloqada bo‘lgan" - deyiladi brifingda.
Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni Gruziya Ichki ishlar vazirligi Paata Burchuladze, Murtazo Zodelava, Irakli Nadiradze, Paata Manjgaladze va Lasha Beridzeni hukumatni zo‘ravonlik bilan almashtirishga chaqirishda ayblab, hibsga olgan edi.