Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning o‘rtasida bir erkakning cho‘milgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Holat yuzasidan Samarqand YHXB Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan.
Erkak ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Samarqanddagi yo‘llar haqida video joylagan. Ya’ni yomg‘irda yo‘llardagi "yama"larda mashinalardan tashqari, odamlar ham cho‘milishi mumkinligini ta’kidlagan.
Erkakka nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.