Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Germaniya kanslerining tanqidiga javob qaytardi

Isroil Germaniya kanslerining tanqidiga javob qaytardi

Isroilning Germaniyadagi elchisi Ron Prosor ZDF telekanali efirida kansler Fridrix Mersning G‘azo bo‘yicha Isroil armiyasi harakatlarini tanqid qilganiga munosabat bildirdi.

"Fridrix Mers Isroilga nisbatan tanqidiy fikr bildirganida, biz uni diqqat bilan tinglaymiz, chunki u bizning do‘stimiz", — dedi Prosor.

Shu bilan birga, elchi Falastin davlatini tan olishga tayyorlanayotgan Fransiya, Malta va Ispaniyani keskin tanqid qildi.

"Bu 2023 yil 7 oktyabrdagi qirg‘indan so‘ng HAMASni mukofotlashni anglatadi. Biz yer uchun emas, balki bizni yo‘q qilishni istagan dushmanni yo‘q qilish uchun kurashyapmiz. Biz garovdagilarni ozod qilishni, insonparvarlik yordamini yetkazishni va bir vaqtning o‘zida terrorchilarga qarshi kurashishni xohlaymiz. Bu oson emas", — deya qo‘shimcha qildi Isroil elchisi.

Prosorning aytishicha, HAMAS G‘azoni nazorat qilayotgan bir paytda, mintaqani tiklash imkonsiz. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga intilmayapti, agar shunday bo‘lganida, bu allaqachon amalga oshgan bo‘lardi.

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Isroil blokadasi tufayli G‘azo sektorida oziq-ovqat narxlari keskin oshgan, masalan, bir kilogramm guruchning narxi 50 dollargacha yetgan.

Kiritildi: 16:48 27.05.2025. O'qildi: 1205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!