Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Yulduz Turdiyeva 50 mln so‘mdan ortiq pul sarflab, albom taqdimotini o‘tkazdi (video)

A A A
Yulduz Turdiyeva 50 mln so‘mdan ortiq pul sarflab, albom taqdimotini o‘tkazdi (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyevaning albom taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Albom taqdimotida o‘zbek estradasi va kino olamining taniqli vakillari mehmon bo‘lgan.

Men bu kunni juda ham uzoq kutdim. Har bir san’atkorning ijodiy kechasida, konsert dasturida: Shu kun menga qachon nasib qilar ekan , deya niyat qilar edim, nasib qilgani bugun ekan, ming bor shukr .

Yulduz Turdiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Yulduz Turdiyeva Albom taqdimoti o‘tkazishdan nima foyda? , degan savolga quyidagicha javob berdi.

To‘g‘risini aytaman, nazar solsam, faqat to‘ydan boshim chiqmagan ekan. To‘yma-to‘y yuravergan ekanman. To‘yni o‘zini ijod deb o‘ylabman. Bu albom taqdimotini o‘tkazishdan hech qanday maqsadim yo‘q, hech kimga hech nimani isbotlamoqchi emasman.

Yulduz Turdiyeva mazkur kechada San’atdan baxtini topganlar , O‘zgancha tanovar , Sevgi , Meni unut , Samarqand-u Buxoro , Garabag‘ , Dardi ishq , Oh kimga yomon , Ona, men keldim degin singari qo‘shiqlarni ijro etdi. Kechada Yulduz Turdiyeva to‘liq jonli ijroda kuyladi.

Yulduz Turdiyeva Feruz Muhammadga bergan intervyusida 2019 yilning kuzida Xalqlar do‘stligi san’at saroyida to‘liq jonli ijroda yakkaxon konsert dasturini taqdim etishini ham ma’lum qildi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 20:08 02.03.2019. O'qildi: 2821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!