Qonun (O‘RQ–1116-son, 04.02.2026 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
🔰 Unga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish jazosi qo‘llanilishi belgilandi.
🗒 Ma’muriy ogohlantirish hukuqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdir.
📜 Ma’muriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qo‘llanadi.
✔️ Ma’muriy ogohlantirish Kodeks 125-moddasining 1- va 2- qismlarida, 128 (prim 1), 128 (prim 2), 128 (prim 6), 135 (prim 1)-moddalari hamda 138-moddasi 1- va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nsbatan qo‘llanadi.
📑 Bunda shaxs o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganda, shuningdek Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari bo‘lmaganda, ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga vakolatli organ tomonidan qo‘llaniladi.
🚫 Ma’muriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan 1 yil davomida 1 martadan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.