SpaceX rahbari Ilon Mask kompaniya “Rossiya tomonidan Starlink'ning ruxsatsiz qo‘llanilishini to‘xtatish” uchun choralar ko‘rganini ma’lum qildi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar, ko‘rinishidan, samara bergan.
"Dastlabki qadamlar allaqachon real natijalar bermoqda. Biz jamoangiz bilan yaqin hamkorlikda keyingi muhim choralar ustida ishlayapmiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Siz erkinlik uchun haqiqiy kurashchi va Ukraina xalqining sodiq do‘stisiz", — deya Maskka javob qaytardi Ukraina mudofaa vaziri Mixail Fyodorov.
Yanvar oyi oxirida Fyodorov SpaceX bilan Rossiya uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan Starlink'dan foydalanilishi muammosi bo‘yicha hamkorlik qilayotganini bildirgan edi. Ukraina Mudofaa vazirligi ruxsat etilgan qurilmalar ro‘yxatini tuzish maqsadida Ukraina armiyasidagi Starlink foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni boshlagan.
Rossiyaga yaqin harbiy Telegram-kanallarning yozishicha, agar ob’ekt tezligi soatiga 90 km ga yetsa, Starlink aloqasi uzila boshlagan. Ko‘rinishidan, bu cheklov ukrain dronlariga ham taalluqli.