Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbning ta’kidlashicha, Yevropa Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosat yo‘nalishini o‘zgartirayotganini va bu o‘zgarishlar Yevropa qadriyatlariga to‘g‘ri kelmasligini ochiq tan olishi kerak, deb xabar berdi Reuters.
“Biz AQSh o‘zgarish davridan o‘tayotganini ochiq tan olishimiz lozim. Uning ittifoqchilariga munosabati va tashqi siyosatga bo‘lgan yondashuvi ham o‘zgarmoqda”, — dedi Stubb.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning tashqi siyosatini asoslaydigan yangi konsepsiya Yevropa qadriyatlariga ziddir.