Rossiya “soya floti” kemalarini himoya qilish uchun Harbiy-dengiz kuchlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda — The Insider.
Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Dengiz kollegiyasi xabar berdi. The Barents Observer'ning aniqlashicha, kollegiyaga prezidentning kemasozlik va dengiz siyosati bo‘yicha yordamchisi Nikolay Patrushev rahbarlik qiladi.
Dengiz kollegiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, javob choralariga oid takliflar prezident Vladimir Putinga taqdim etiladi. Ehtimoliy variantlardan biri sifatida Rossiya harbiy kemalarining sanksiyalar ostidagi kemalarga hamroh bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Rossiyaning ayrim harbiy kemalari allaqachon “soya floti” kemalariga hamrohlik qilmoqda.
Shuningdek, 10 yanvar kuni Shimoliy flotning “Severomorsk” esminesi Portugaliya qirg‘oqlari yaqinida ikkita yuk kemasiga hamrohlik qilgani aniqlangan.