Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Maktablarda an’anaviy (qog‘oz) kundaliklar joriy etilyapti(mi)?

Maktablarda an’anaviy (qog‘oz) kundaliklar joriy etilyapti(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablarda an’anaviy (qog‘oz) kundaliklar, sinf jurnallari joriy etilayotganligiga doir tarqalayotgan xabarlar huquqiy asosga ega emas.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 5-sentyabrdagi 3931-sonli qarori hamda 2019-yil 29-apreldagi 5712-sonli Farmoniga asosan ayni vaqtda mamlakatimizdagi mavjud barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilarining davomati va fanlarni o‘zlashtirish baholari eMaktab elektron jurnal tizimi orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad, o‘qituvchilardagi ish yuklamasini kamaytirish, o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishdan iborat. Ushbu jarayon xalqaro tajribada ham o‘zini oqlagan.

Mazkur tizim joriy etilishi natijasida ota-onalarning o‘z farzandlarining darslarni o‘zlashtirish darajasini masofaviy kuzatish imkoniyati yaratilib, o‘quvchilarni baholashda shaffoflik ta’minlanib kelinmoqda. Shuningdek, pedagoglar faoliyatiga doir turli qog‘ozbozliklarning kamayishiga erishildi.

Shu o‘rinda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimiz maktablariga an’anaviy kundalik va sinf jurnallariga qaytish bo‘yicha topshiriq berilmaganligini ma’lum qilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari ortga qaytmas tus olganligini alohida ta’kidlab o‘tamiz.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!