Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshlanganining to‘rtinchi yilligi munosabati bilan Ukrainaga tashrif buyuradi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifini qabul qilgan. Bu haqda 3 fevral kuni Bryusselda uning matbuot kotibi Paula Pino ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amalga oshiriladigan tashrif “Evropa Ittifoqining Ukraina bilan hamjihatligi, shuningdek Rossiyaning davom etayotgan tajovuzi oldidagi qat’iyati va birdamligining ramzi” bo‘ladi. Bryusselda tashrif tafsilotlari hali muhokama qilinayotgani aytildi.
Joriy haftada Yevrokomissiya Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi munosabati bilan 20-paket sanksiyalar bo‘yicha taklif kiritadi. Uni 24 fevral kuni qabul qilish rejalashtirilgan.
3 fevral kuni Kiyevga NATO bosh kotibi Mark Ryutte tashrif buyurdi.
To‘rtinchi yillikka ikki yarim hafta qolganida, 4–5 fevral kunlari Ukraina, Rossiya va AQSh delegasiyalari o‘rtasida navbatdagi tinchlik muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, so‘nggi haftalarda Rossiya mamlakatdagi kuchli sovuqlar fonida Ukraina energetik infratuzilmasiga zarbalarni kuchaytirgan.
Rossiya 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga keng ko‘lamli hujumni boshlagan.