Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga qoraquloq muhrlandi.

Qoraquloq butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning I Ilovasiga kiritilgan. Ustyurt yassi tekisligi, Amudaryoning quyi oqimida tarqalgan. Cho‘llarning barxanli va qumli qismlari, gipslashgan tekisliklar, chinglar, ba’zan cho‘llashgan tog‘ etaklari va to‘qayzorlarda yashaydi. Yozda tunlari faol, yilning boshqa fasllarida kunduzi ham ovga chiqadi. Quyonlar, kemiruvchilar, ba’zan tuyoqlilar, qushlar, tipratikan, tulki, sudralib yuruvchilar, ilon va bo‘g‘imoyoqlilar, ba’zan o‘limtiklar bilan oziqlanadi. 19 yoshgacha yashaydi.

Ma’lumot uchun, “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi 2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘iroq tumanida tashkil etilgan, hududi 280 ming gektarga teng. 2025-yilda kuzgi sanoq paytida qushlarning 42 turi (shundan 3 tur “Qizil kitob”ga kiritilgan) va sut emizuvchilarning 17 turi (shundan 5 tur “Qizil kitob”ga kiritilgan) hisoblangan.

Kiritildi: Bugun 17:18. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!