"O‘zsuvta’minot" AJ ichimlik suvi ta’minoti va kanalizasiya tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qildi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zsuvta’minot"AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ichimlik suv ta’minoti tarmoqlari va oqova suv xizmatlaridan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish yuzasidan ma’lumot berildi:
2025 yilning o‘tgan davrida “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv ta’minoti korxonalari tegishli nazorat organlari bilan hamkorlikda suv ta’minoti va oqova suv tizimlariga jami 2 285 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi.
Bunda eng yuqori ko‘rsatkichlar:
1. Sirdaryo viloyatida – 433 ta;
2. Namangan viloyatida – 194 ta va
3. Toshkent viloyatida – 180 tani tashkil etadi.
Jami aniqlangan qonunbuzarliklar tufayli jamiyat manfaatlariga jami 47 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Jami aniqlangan qonunbuzarliklar tufayli jamiyat manfaatlariga jami 47 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan respublika bo‘yicha 20,2 ming nafar jismoniy va yuridik iste’molchi qarzdorligi uchun suv ta’minoti tarmog‘idan uzilgan. Ushbu holatlarning 15,5 ming tasi, ya’ni eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan.
O‘tgan davr davomida suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda suv ta’minoti va kanalizasiya xizmatlari bo‘yicha 49,9 ming nafar iste’molchidan jami 165,9 milliard so‘mlik mablag‘ni undirish maqsadida fuqarolik va iqtisodiy sudlarga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.
Kiritilgan ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 21,4 ming ta 55,2 milliard so‘mlik sud qarorlari qabul qilinib, bugungi kunda Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda ijro varaqalari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.