Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Moldovani o‘z nazoratiga olishni xohlamoqda

Rossiya Moldovani o‘z nazoratiga olishni xohlamoqda

Kishinyovda Moldova Oliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat prezidenti Mayya Sandu parlament saylovlariga Rossiya tomonidan aralashuv bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda TV8 telekanali.

"Rossiya kuzdan boshlab Moldova Respublikasini nazoratga olishni xohlayapti va sentyabrdagi parlament saylovlarga misli ko‘rilmagan aralashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Moskva bu maqsadda turli siyosiy loyihalarga sarmoya kiritib, o‘z odamlari orqali parlamentga kirishga intilmoqda", — deya aniqlik kiritdi prezident.

Sandu bu kontekstda hozirda Moldova hududidan tashqarida bo‘lgan rossiyaparast biznesmen Ilan Shor nazoratidagi tarmoqni tilga oldi.

19 iyul kuni Moldova Markaziy saylov komissiyasi Shor bilan bog‘liq bo‘lgan “Pobeda” (“G‘alaba”) blokiga 28 sentyabrga belgilangan parlament saylovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishga rad javobini bergan edi.

Bundan tashqari, Moldova prezidenti Telegram messenjerini ham tanqid ostiga oldi. Chunki Telegram ma’muriyati Moldova rasmiylarining so‘rovlariga javob bermayapti. Sanduning ta’kidlashicha, aynan shu messenjer norozilik aksiyalarini uyushtirish va yopiq guruhlar orqali ovozlarni sotib olish sxemalarini moliyalashtirish uchun foydalanilmoqda.

Kiritildi: 20:51 30.07.2025. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!