Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Ota qizining baxti uchun uyini sotdi

Ota qizining baxti uchun uyini sotdi

Ko‘pchilik otalar aliment qarzini to‘lamaslik oqibatlarini tushunmay, farzandlarining ta’minotiga befarq yoki mas’uliyatsiz yondashadilar. Ammo farzandining taqdiriga befarq bo‘lmagan, burchini his etadigan otalar ham bor. Ana shunday otalardan biri bugun ko‘pchilikka ibrat bo‘ladi.

Sudning 2016 yildagi qaroriga asosan, K.SH.dan undiruvchi YA.N. foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Ushbu ijro hujjati Byuroning Zarbdor tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Yillar davomida otaning topgani o‘zidan ortmaganligi sababli aliment to‘lovlarini to‘liq ado eta olmagan va shuning oqibatida bir necha bor javobgarlikka ham tortilgan.

Biroq katta qizi turmushga chiqishi arafasida ekanligini eshitgach, ota befarq qololmadi. Darhol yashab turgan uyini sotib, to‘lanmagan 62 million so‘m aliment qarzini farzandining baxti uchun bir yo‘la to‘lab berdi.

Shu o‘rinda ota qiziga baxt tilab, qizining taqdiri o‘zinikiga o‘xshamasligini so‘ragan.

Kiritildi: 18:02 30.07.2025. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!