Financial Times nashri Kiyev iqtisodiyot maktabi (KIM) tahlilchilari tayyorlagan hisobotga tayanadi. Ularga ko‘ra, Rossiyadagi sovet davridagi harbiy omborlar deyarli tugadi — 2022 yilga nisbatan texnika ta’minoti ikki barobarga kamaygan.
KIM tahlilchisi Pavlo Shkurenko shunday deydi:
«Hozir texnik ta’mirlash markazlari qayta tiklashga ulgurganidan ko‘ra kamroq texnika frontga yuborilmoqda. Yaxshi holdagi qurol-aslaha, ehtimol, allaqachon tugagan».
📌 Frontda hozir T-54 (1940-yillar oxirida ishlab chiqarilgan) tanklari, shuningdek T-72 va T-80 (1970-yillar) kabi antikvar modellar qo‘llanmoqda.
🔻 Bundan tashqari, Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan 2024 yilning o‘zida 250 ming tonnadan ziyod snaryad olib kelingani omborlar bo‘shab borayotganining yana bir isbotidir.
Shkurenko xulosa qiladi: Rossiya o‘zini hali ham mustaqil harbiy davlat sifatida ko‘rsatmoqchi, biroq voqelik bu iddaolarni inkor qilmoqda.