Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Isroil-Eron urushida THAAD raketalarini deyarli yo‘qotdi

AQSh Isroil-Eron urushida THAAD raketalarini deyarli yo‘qotdi

AQSh joriy yilning iyun oyida Isroil va Eron o‘rtasidagi 12 kunlik harbiy to‘qnashuv davomida zamonaviy THAAD havo hujumidan mudofaa raketalarining taxminan 25 foizini sarflab bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar 100 dan 150 tagacha raketani ishlatgan. Bu esa ishlab chiqarish tezligidan ancha yuqori. O‘tgan yili AQSh atigi 11 ta raketa xarid qilgan, joriy yilda yana 12 tasi olinadi. 2026 yilda esa 37 ta raketa sotib olish rejalashtirilgan. Har bir THAAD raketasi taxminan 12,7 million dollar turadi.

Ma’lumot uchun, THAAD – bu mobil tizim bo‘lib, u Yer atmosferasi ichida hamda undan tashqarida, parvozning yakuniy bosqichida qisqa va o‘rta masofali ballistik raketalarni urib tushirish qobiliyatiga ega. AQSh arsenalida jami 7 ta THAAD kompleksi mavjud bo‘lib, ularning ikkitasi ushbu mojaroda Isroilda qo‘llangan

Kiritildi: 23:53 30.07.2025. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!