O‘zbekistonda energetika sohasidagi ma’lumotlarning ochiq va aniq emasligi siyosat va sarmoya rejalarini to‘g‘ri belgilashga to‘sqinlik qilmoqda.
Katta zaxiralarga ega bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyo aholi o‘sishi, eski infratuzilma va geosiyosiy bog‘liqliklar tufayli energiya yetishmovchiligini yengolmayapti.
Markaziy Osiyoda tabiiy gaz tanqisligi kuchayib bormoqda. Bunga asosiy sabab — aholi sonining ortishi va infratuzilmaga yetarli sarmoya kiritilmayotganidir. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston katta gaz zaxiralariga ega bo‘lsa-da, ichki talabni qondirishda qiynalmoqda.
Rossiya energiya ta’minoti va xavfsizlik shartnomalari orqali ta’sirini saqlab qolmoqda. Xitoy esa “Bir makon— bir yo‘l” tashabbusi orqali infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishda yetakchilik qilmoqda.
Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni boshlaganiga qaramay, markazlashgan boshqaruv va mahalliy manfaatlarning to‘qnashuvi islohotlarni sekinlashtirmoqda. Energetika sohasidagi ma’lumotlarning ochiq va aniq emasligi siyosat va sarmoya rejalarini to‘g‘ri belgilashga to‘sqinlik qilmoqda.
Xalqaro geosiyosiy raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, energiya yetishmovchiligi Markaziy Osiyoning barqarorligi uchun asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.