Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil yangi urush boshlayaptimi?

Isroil yangi urush boshlayaptimi?

Isroilning yetakchi nashri Israel Hayom chop etgan maqolada Gresiya va Janubiy Kiprni Shimoliy Kiprni «band etish» operasiyasida Isroilga yordam berishga chaqirdi. Bu tahlikali chaqiriq jamoatchilikda jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

🗣 Maqolada shunday deyiladi: «Agar ushbu hududdan xavf darajasi tanqidiy nuqtaga yetsa, Isroil o‘z strategiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Gresiya va Janubiy Kipr bilan hamkorlikda, orolning shimoliy qismini ozod etish bo‘yicha operasiya tayyorlanishi kerak».

1974 yilda turk-kipriq jamiyati huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan «Tinchlikni ta’minlash operasiyasi» maqolada «bosqin» deb atalib, Turk Respublikasi Shimoliy Kipr (TRSHK) «xalqaro hech kimniki bo‘lmagan yer» sifatida tasvirlangan. 400 ming turk-kipriqning huquqlari esa umuman tilga olinmagan.

Maqolada TRSHK go‘yoki HAMAS va Eronning Islom inqilobi korpusiga qarashli «Al-Quds kuchlari»ning faoliyat markaziga aylangani haqida iddaolar keltirilgan. «Isroil armiyasidagi hujjatlar»ga tayanilgani aytilsa-da, bu ma’lumotlarning haqqoniyligi shubhali.

📄 Ushbu da’volarga qaramay, maqolada ilgari surilgan «Poseydonning g‘azabi» deb nomlangan reja, aslida, Isroilning o‘z geosiyosiy maqsadlarini amalga oshirishga urinishidek ko‘rinadi.

❗ Mutaxassislar bunday ritorikani ehtimoliy tajovuzni oqlash va mintaqada yangi mojarolar kelib chiqishiga sharoit yaratish deb baholashmoqda.

Kiritildi: 15:04 30.07.2025. O'qildi: 1545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!