Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bugun, 22-aprel kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoning 11-qavatida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:51 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Yong‘in oqibatida tan jaroxati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida habar kelib tushmadi.
Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan va vaziyat to‘liq nazoratga olingan.