Xalqaro Iqtisodiyot va Tinchlik Instituti (IEP) 2024 yil uchun dunyodagi eng xavfsiz va tinchliksevar mamlakatlar reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatga 163 davlat kiritilgan bo‘lib, dastlabki besh o‘rinni Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Yangi Zelandiya va Singapur egalladi.
Mazkur reytingda Germaniya 20-o‘rinni, Buyuk Britaniya 36-o‘rinni, Fransiya 87-o‘rinni, AQSh 132-o‘rinni, Eron 133-o‘rinni, KXDR 152-o‘rinni, Isroil 155-o‘rinni egallagan.
Ukraina esa Rossiyaning harbiy harakatlari sababli 159-o‘rinni egalladi. Rossiya ro‘yxatda 157-o‘rinda joylashgan.
2024 yil uchun dunyodagi eng xavfsiz va tinchliksevar mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 60-o‘rinda, Qozog‘iston 59-o‘rinda, Tojikiston 72-o‘rinda, Qirg‘iziston 78-o‘rinda, Turkmaniston 83-o‘rinda qayd etilgan.
IEP reytingida Afg‘oniston (160), Janubiy Sudan (161), Sudan (162) va Yaman (163) eng quyi o‘rinlarni band etgan.