Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 24 mayga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga 250 ta dron va 14 ta “Iskander-M” ballistik raketasi bilan hujum qilgan. Hujumlar asosan mamlakat poytaxti Kiyev tomon yo‘naltirilgan. Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalashnikning aytishicha, Kiyevda havo xavfi 8 soat davom etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 250 ta drondan 245 tasi urib tushirilgan. 14 ta “Iskander-M” raketasidan 6 tasini Ukraina Havo kuchlari yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiya hujumlari natijasida, shuningdek, Dnepropetrovsk, Odessa, Xarkov, Donesk va Zaporoje viloyatlari zarar ko‘rgan.
Ukraina Milliy polisiyasiga ko‘ra, tungi hujum oqibatida 15 kishi jabrlangan.