RF qo‘shinlari Sumi oblastidagi Veselovka - Juravka - Novenkoye - Basovka uchastkasida mustahkamlandi, deb xabar bermoqda Ukrainaning DeepState monitoring kanali.
Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatini tark etgach, rus qo‘shinlari Novenkoye qishlog‘i orqali Sumi viloyatiga yorib kirishga urina boshladi. Qarshilik va dron zarbalariga qaramay, ular Juravka va Novenkiy o‘rtasidagi zaif nuqtani topishga va piyodalar va kvadrosikllar yordamida ichkariga kirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Qayd etilishicha, hozirda Rossiya qo‘shinlari Belovod va Lokni shaharlariga bosimni davom ettirmoqda, u yerda shiddatli janglar ketmoqda. Maqsad - "bufer zona" yaratish.