Biz xorijliklarni qardosh deb hisoblamaymiz va hech qachon asirga olmaymiz, bizga bunday vazifa qo‘yilmagan, dedi Chechenistonning "Axmat" maxsus kuchlari qo‘mondoni Apti Alaudinov RIA Novostiga.
"Ukrainaliklar - aksariyat hollarda jang maydoniga majburan olib kelinadi. Shuning uchun biz ularga asirga tushib tirik qolishga imkon beramiz. Men buni o‘z jangchilarimga har doim tayinlayman.
Lekin, aslida nima bo‘layotini tushunmay, fashistlar va shayton tarafida turib "ruslarni o‘ldirish maqsadida" bu yerga kelgan xorijliklar — yo‘q qilinishi kerak. Ayniqsa Rossiya hududiga bostirib kirganlari", - dedi u.