AQSh Harbiy razvedka boshqarmasining (DIA) "2025 yilgacha global tahdidlarni baholash" yillik hisobotiga ko‘ra, Moskva Ukrainaga qarshi urushda o‘z maqsadlariga erishishni davom ettirmoqda.
Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiya Ukrainani holdan toydirish strategiyasini qo‘llamoqda. Bu orqali u Ukrainaning qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini zaiflashtirish, aholisini ruhiy tushkunlikka solish va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlashning kamayishini kutishga urinmoqda. Hujum sur’ati nisbatan sekin bo‘lishiga qaramay, Rossiya qo‘mondonligi buni maqbul deb hisoblamoqda.
"Putin, ehtimol, hamon Ukrainada g‘alaba qozonishni ko‘zlayotgan bo‘lib, uning maqsadlari asosan o‘zgarishsiz qolmoqda: Ukrainaning betaraf maqomiga erishish va mamlakatni yanada markazsizlashtirish. Tinch yo‘l bilan hal etilmasa yoki G‘arb tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanmasa, jang maydonidagi vaziyat, katta ehtimol bilan, oldinga siljish sur’atining sekinlashishi va katta yo‘qotishlarga qaramay, 2025 yil davomida asta-sekin Rossiya foydasiga o‘zgarib boradi," deya ta’kidlanadi hujjatda.