Bu haqda Xalqaro energetika agentligi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi), Jahon banki va JST (Jahon savdo tashkiloti) qo‘shma bayonotda ogohlantirdi. Ularning baholashicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib berish hajmi kamayganidan keyin jahon neft zaxiralari "rekord darajadagi sur’atlar" bilan qisqarmoqda.
Agar kemalar harakati qayta tiklanmasa, yozgi talabning eng yuqori cho‘qqisi arafasida zaxiralarning yanada kamayishi yoqilg‘i xavfsizligi, bozorlardagi vaziyat va global iqtisodiyot uchun ortib boruvchi xavflarni yuzaga keltiradi.
Tashkilotlar, shuningdek, yoqilg‘i va o‘g‘itlar narxi oshayotganini ham ma’lum qilishdi. Ularning fikriga ko‘ra, nizo oqibatlari allaqachon eng zaif davlatlarga nomutanosib ravishda qattiq ta’sir ko‘rsatyapti, hamda oziq-ovqat xavfsizligi, bandlik va aholi daromadlariga tahdid solyapti.
Eslatib o‘tamiz, hozirda AQSh va Eron bo‘lajak kelishuv bo‘yicha memorandum imzolashni muhokama qilmoqda. Biroq, Tramp kechagi yig‘ilishdan keyin ushbu masala bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q.