Turkiya va Kanada Eron atrofidagi mojaro, shuningdek, Fors ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlikning kuchayib borayotganidan xavotirda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kanadalik hamkasbi Anita Anand bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid paydo bo‘ldi va bu muqarrar ravishda mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qiladi", dedi Fidan va mojaroning oqibatlari xalqaro tartibni buzishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
"Eskalasiyaning birinchi kunidan (28 fevral) beri Turkiya tomonlar o‘rtasida muloqot o‘rnatishga harakat qilmoqda", deya qo‘shimcha qildi tashqi ishlar vaziri.