Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Ali Larijoniy o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

Ali Larijoniy o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

Isroil mudofaa armiyasi 17 martga o‘tar kechasi Eron Xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniyga zarba bergan. Bu haqda dastlab Times of Israel SAHAL bayonotiga asoslanib xabar tarqatdi.

Ko‘p o‘tmay Isroil mudofaa vaziri Israel Kas «Eronning amaldagi rahbari» Ali Larijoniy zarba oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Eron hukumati hozircha bu ma’lumot yuzasidan izoh bermayapti.

«12 kanal» telekanalining Isroil xavfsizlik xizmatidagi manbasiga ko‘ra, 16 mart kuni Larijoniy Tehrondagi maxfiy kvartiralaridan biriga kelgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Isroil zarbasi vaqtida kvartirada u o‘g‘li bilan birga bo‘lgan.

«Unda bunday zarbadan keyin omon qolish imkoni yo‘q edi», – degan telekanal manbasi.

Isroil harbiylari Tehronda yana bir «aniq zarba» natijasida ko‘ngillilarning «Basij» nomli harbiylashgan tuzilmasi qo‘mondoni G‘ulomrizo Sulaymoniy ham halok bo‘lgani haqida xabar bergan. «Basij» Islom inqilobi muhofizlari korpusi tarkibiga kiradi va Eronda hukumatga qarshi ko‘tarilgan namoyishlarni bostirish bilan ham shug‘ullangan.

Ali Larijoniy – Eronda Ali Xominaiy halokatidan keyin o‘ldirilgan eng yuqori martabali mulozim bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!