Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron raketalari Binyamin Netanyaxu idorasi yaqiniga zarba berdi

Eron raketalari Binyamin Netanyaxu idorasi yaqiniga zarba berdi

Eron raketalari Quddusdagi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasiga bevosita yaqin bo‘lgan pozisiyalarga zarba berdi.

Eronning SNN telekanali xabar berishicha, snaryadlar Isroil yetakchisining ish kabinetidan atigi bir necha metr uzoqlikda joylashgan ob’ektlarga shikast yetkazgan.

Nashrda, shuningdek, Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi muvaffaqiyatli yorib o‘tilgani ta’kidlanadi. Telekanal bir qator mahalliy ommaviy axborot vositalari xabarlariga tayanib, hujum to‘liq qaytarilmaganini qayd etmoqda.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar faqat bitta havo nishonini tutib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ta’kidlanishicha, Eron tomonidan uchirilgan qolgan barcha raketalar HHM tizimlarini chetlab o‘tib, o‘z nishonlariga muvaffaqiyatli yetib borgan.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!