AQSh prezidenti Donald Tramp eronlik siyosatchi Ali Lorijoniyning o‘limi haqida fikr bildirdi.
«Aslida kecha ularning asosiy shaxsi o‘ldirildi. U norozilik namoyishchilarini o‘ldirish uchun javobgar edi», — dedi Tramp.
Ali Lorijoniy uzoq yillar davomida Eron hokimiyatidagi asosiy figuralardan biri bo‘lib kelgan. U parlament spikeri, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi, yadroviy dastur bo‘yicha bosh muzokarachi sifatida faoliyat yuritgan va Rossiya hamda Xitoy bilan aloqalarda muhim bog‘lovchi bo‘lgan.
Uning yo‘q qilinishi Eron siyosiy tizimi uchun jiddiy zarba sifatida baholanmoqda. Bunday tajriba va aloqalarga ega shaxslar kam bo‘lgani sababli, uni tezda almashtirish qiyin bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Kuzatuvchilar fikricha, bu holat ayni paytda murakkab bosqichni boshdan kechirayotgan Eron rahbariyati uchun qo‘shimcha bosim keltirishi mumkin.