Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Yaponiyada Ukraina yuk samolyoti qo‘nish jarayonida yong‘in sodir bo‘ldi

Yaponiyada Ukraina yuk samolyoti qo‘nish jarayonida yong‘in sodir bo‘ldi

Yaponiyaning Tyubu xalqaro aeroportida Antonov Airlines aviakompaniyasiga tegishli yuk samolyoti qo‘nish vaqtida yondi. Bu haqda Chunichi Shimbun nashri xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, samolyotning shassisi va dvigateli atrofida olov chiqqan, biroq u ko‘p o‘tmay o‘z-o‘zidan o‘chgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Tekshiruv ishlari sababli aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi 15 daqiqaga yopilgan. Keyinchalik aeroport odatiy ish tartibiga qaytgan.

Samolyot Yaponiyaga AQShdan kelgan. U qanday yuk tashigani va yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: Bugun 11:41. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!