Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi, kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi, kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyaning markaziy qismida 8 noyabr kuni kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 22 nafar kishi turli darajada jarohat olgani xabar qilinmoqda.

Yaponiya Meteorologiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 01:04 da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i Sidzuoka prefekturasining g‘arbiy qismida, taxminan 40 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Agentlik zilzila magnitudasini 5,7 deb baholagan. AQSh Geologiya xizmati esa 5,5 magnituda ko‘rsatkichini qayd etgan.

Eng kuchli silkinish Aychi prefekturasida sezilgan. Shuningdek, Hamamasu, Kioto, Nara shaharlari hamda Yamanashi va Gifu prefekturalarida ham yer qimirlagan.

Zilzila natijasida ayrim do‘konlarning oynalari sinib, javonlardagi buyumlar yerga qulab tushgan. Odamlar xavfsiz joyga chiqishga uringan, ayrimlari esa evakuasiya vaqtida jarohatlangan.

Yaponiya Meteorologiya agentligi kelgusi bir hafta davomida takroriy kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligini ma’lum qildi. Ayniqsa, keyingi ikki-uch kunda ehtiyotkorlikni kuchaytirish tavsiya etilgan.

Zilziladan keyin sunami xavfi qayd etilmagan.

Kiritildi: 14:48 08.11.2026. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik