Xabar qilinishicha, Ayti prefekturasida yomg‘ir ikki kundan beri to‘xtamayapti. Nagoyada esa bir soat ichida 104,5 mm yomg‘ir yoqqan.
Buning oqibatida ko‘chalarni suv bosib, transport harakati izdan chiqqan. Poyezd, metro va avtobuslar vaqtincha to‘xtatilgan, aholi uchun evakuasiya punktlari ochilgan.
Hududlarda suv toshqini va ko‘chki xavfi yuqori ekani sabab 2 mlnga yaqin kishiga evakuasiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.