Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yaponiyada inson tushlarini yozib olish texnologiyasi yaratildi

Yaponiyada inson tushlarini yozib olish texnologiyasi yaratildi

Yaponiyaning Kioto shahridagi ATR “Computational Neuroscience” laboratoriyasi tomonidan inson ongining sirli olami — tushlarni yozib olish va ularni qayta tiklash bo‘yicha ilg‘or texnologiya ishlab chiqildi.

Qayd etilishicha, ushbu texnologiya sun’iy intellekt va yuqori aniqlikdagi magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) yordamida ishlaydi. Uxlayotgan inson miyasidagi neyronlar faolligi real vaqt rejimida kuzatiladi, so‘ng sun’iy intellekt algoritmlari ushbu signal va to‘lqinlarni vizual obrazlarga aylantiradi. Bu esa insonlarning nima tush ko‘rayotgani taxminiy tasvirlar orqali tiklashga yordam beradi.

Biz bosh miya faolligi asosida tushlarda ko‘rilgan obrazlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Ushbu obrazlar test sinovida ishtirok etganlarning so‘zlab bergan tushlari bilan mos keldi. Bu esa inson ongini yanada chuqur tadqiq qilish yo‘lidagi ulkan qadamdir, — deydi loyiha rahbari, professor Yukiyasu Kamitani.

Ushbu texnologiya hozircha dastlabki bosqichda, biroq olimlar uning kelajakda psixologiya, ruhiy salomatlik, hatto kino sanoatida va videoo‘yinlar yaratishda keng qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Internet foydalanuvchilari bu yangilikni ijobiy qarshi olishmoqda.

Kiritildi: 06:23 23.05.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!