Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Nikolay Valuyev 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Nikolay Valuyev 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev va Rossiya Davlat Dumasining yana 11 nafar deputati Ukraina sudlari tomonidan mol-mulki musodara etilgan holda sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bu haqda hukmlar materiallariga tayanib, "TASS" nashri xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jami 12 deputat sirtdan hukm qilingan. Xususan, Valuyev Xmelniskiy sudi tomonidan aybdor deb topilgan.

Ma’lumot uchun, Nikolay Valuyev faoliyati davomida 52 ta jang o‘tkazib, 50 ta g‘alaba (34 tasi nokaut) va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hamyurtimiz Ruslan Chagayevdan qabul qilib olgan.

Kiritildi: 23:17 10.07.2025. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!