Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Dunyoda eng ko‘p millionerlar yashaydigan davlatlar e’lon qilindi

Dunyoda eng ko‘p millionerlar yashaydigan davlatlar e’lon qilindi

Global Wealth Databook va Bloomberg tomonidan dunyoda aholisining katta qismi millionerlardan iborat bo‘lgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. O‘zbekiston bu ro‘yxatga kiritilmadi.

Global Wealth Databook va Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatning birinchi o‘rnini Shveysariya egallaganu. Mamlakatda taxminan har oltinchi katta yoshli fuqaro millioner hisoblanadi.

Shuningdek, Hongkong, Avstraliya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida deyarli har o‘ninchi kishi millionerlar safiga kiradi. Bunday yuqori ko‘rsatkichlar mazkur mamlakatlarda moliyaviy imkoniyatlar kengligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston ushbu boy davlatlar ro‘yxatiga kirmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni Qozog‘istonda aholining 0,5 foizi millionerlar qatoriga kiradi. Turkiyada bu ko‘rsatkich 0,1 foizni, Rossiyada esa 0,4 foizni tashkil etadi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Shvesariya, Hongkong va Avstraliyada iqtisodiy barqarorlik, investisiya imkoniyatlari va bank tizimining yuqori darajada rivojlangani boy insonlar soni ortishiga turtki bo‘lgan.

Kiritildi: 16:55 07.07.2025. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!