Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Lavrov nega KXDRga bormoqda?

Lavrov nega KXDRga bormoqda?

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 11–13 iyul kunlari KXDRga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda avval KCNA, so‘ngra Rossiya TIV ma’lum qildi. Tashrif ikki davlat o‘rtasidagi strategik muloqotning ikkinchi bosqichi doirasida o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 2024 yil noyabrida Moskvada bo‘lib o‘tgandi.

Mazkur muzokaralar Putin va Kim Chen In o‘rtasida 2024 yil iyunida Pxenyanda o‘tgan sammitda erishilgan kelishuvlarning davomi hisoblanadi.

So‘nggi oylarda Moskva va Pxenyan o‘rtasida yuqori darajadagi aloqalar faollashdi. 2025 yil iyunida Sergey Shoygu, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi, KXDRga shaxsan Putin topshirig‘i bilan tashrif buyurib, harbiy va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Reuters tahlillariga ko‘ra, KXDR Rossiyaga millionlab artilleriya snaryadlari va minglab harbiylar yuborgan. Kim Chen In esa Rossiyani «shartsiz qo‘llab-quvvatlashini» bir necha bor ta’kidlagan.

G‘arb va Janubiy Koreya tahlilchilari Rossiya KXDRga ilg‘or harbiy texnologiyalar, neft va bug‘doy yetkazib berishi mumkinligidan xavotirda.

Kiritildi: 13:16 10.07.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!