Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya poytaxtida Markaziy Osiyo ekologik muammolariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

A A A
Yaponiya poytaxtida Markaziy Osiyo ekologik muammolariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Yaponiyada poytaxtida "JPRSI - Markaziy Osiyoda ekologik infratuzilma" mavzusida onlayn seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, Davlat ekologik ekspertiza markazi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi, Yaponiya Atrof-muhit vazirligi, Xalqaro Atrof-muhit hamkorlik markazi va turli kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari tomonidan davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi siyosati, qonunchiligi, qabul qilingan strategiya va dasturlar, hukumatlar tomonidan ichki va xalqaro darajada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Orol dengizidagi ekologik vaziyat, "yashil" iqtisodiyotga o‘tish, dekarbonizasiya va havo sifatini nazorat qilish bo‘yicha mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Iqlim texnologiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Mitsubishi Heavy Industries", "HORIBA", "Teraolitech" kabi yirik yapon kompaniyalari vakillari dekarbonizasiya, havo sifatini nazorat qilish, oqava suvlarni tozalash va boshqa atrof-muhit yo‘nalishidagi mavjud texnologiyalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar.

Yaponiya tomoni O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yaxshilash va atrof-muhit muammolarini bartaraf etishga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyorliklarini bildirdi.

Seminar yakunida O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Yaponiya Xalqaro Atrof-muhit hamkorlik markazi o‘rtasida tez fursatlarda "yashil" iqtisodiyot va dekarbonizasiya sohasidagi ikki mamlakat kompaniyalari vakillari uchun qo‘shma tadbir tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Kiritildi: 08:06 19.03.2024. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!