Yaponiya Mudofaa vazirligi xavfsizlik sohasida, jumladan, mamlakat O‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi konsepsiya ishlab chiqadi.
Bu haqda TBS telekanali xabar bermoqda.
Vazirlik rahbari Sindziro Koidzumining ma’lum qilishicha, Defense AI Vision deb nomlangan hujjat 2026 yil noyabr oyining oxirida taqdim etiladi. Unda mudofaa vazirligi va qurolli kuchlar faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etishning keyingi yo‘nalishlari belgilab beriladi.
2024 yilda Yaponiya Mudofaa vazirligi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy siyosatni tasdiqlagan edi. Biroq oktyabr oyida Koidzumi milliy xavfsizlik sohasidagi asosiy hujjatlar yangilanishi munosabati bilan ushbu siyosatni qayta ko‘rib chiqish niyati borligini ma’lum qildi.
Mudofaa strategiyasi va boshqa tegishli hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish tashabbusi lavozimga kirishganidan so‘ng Bosh vazir Sanae Takaiti tomonidan ilgari surilgan. Ushbu ishlar 2026 yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda.
Yaponiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, yangilangan hujjatlarda sun’iy intellektdan foydalanish va uchuvchisiz tizimlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.