Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya Mars yo‘ldoshidan tuproq namunalarini olib kelish uchun kosmik apparat uchirdi

Yaponiya Mars yo‘ldoshidan tuproq namunalarini olib kelish uchun kosmik apparat uchirdi

2026 yil 20 oktyabr kuni Yaponiyaning Tanegasima kosmodromidan Marsning Fobos va Deymos yo‘ldoshlarini o‘rganishga mo‘ljallangan MMX kosmik missiyasi muvaffaqiyatli uchirildi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma’lum qildi.

Besh tonna og‘irlikdagi apparat H3 raketa-tashuvchisi yordamida koinotga chiqarildi. Missiyaning asosiy maqsadi Fobos yo‘ldoshini o‘rganish va uning tuproq namunalarini Yerga olib kelishdan iborat.

Rejaga ko‘ra, MMX apparati 2031 yilda Yerga qaytishi kerak. Missiya doirasida apparat taxminan uch yil davomida Marsning ikkala yo‘ldoshini tadqiq qiladi. Keyin Fobos sirtiga to‘rt g‘ildirakli kichik rover tushirilib, tuproq namunalari yig‘iladi.

Loyihaning umumiy qiymati 578 million dollarga baholangan. Unda Yaponiyadan tashqari AQSH, Fransiya, Germaniya va Yevropa kosmik agentligi ham ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 21:03 20.10.2026. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!