Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiya H3 raketasi vositasida Mitibiki-6 navigasiya sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqdi

Yaponiya H3 raketasi vositasida Mitibiki-6 navigasiya sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqdi

Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) og‘ir yuk ko‘taruvchi H3 raketasi vositasida Mitibiki-6 sun’iy yo‘ldoshini uchirdi.

Uning parvozi mamlakat janubi-g‘arbidagi Tanegasima koinot markazidan Yaponiya Aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) tomonidan translyasiya qilindi.

Qayd etilishicha, agar sun’iy yo‘ldosh orbitaga muvaffaqiyatli chiqarilsa, u Quasi-Zenith Satellite System (QZSS) rasmiy nomiga ega bo‘lgan Yaponiyaning “Mitibiki” global joylashishni aniqlash tizimining ishlashini ta’minlovchi beshinchi operasion qurilmaga aylanadi. 2026 yilga kelib, Mitibiki sun’iy yo‘ldoshlari sonini yettitaga, 2030 yillarning oxiriga kelib esa o‘n bittaga yetkazish rejalashtirilgan.

H3 Yaponiyaning suyuq yonilg‘ida harakatlanadigan eng yirik raketasi hisoblanadi. Uning uzunligi 63 metr, diametri 5,2 metr, yuk ko‘tarish quvvati 4 dan 6,5 tonnagacha

Kiritildi: 11:21 03.02.2025. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!