Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimisu Motegi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Tomonlar Eron va AQSh o‘rtasida bilvosita muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qildi. Motegi Yaponiya keskinlikni pasaytirish va diplomatik yechimga erishish uchun vositachilik jarayonini tezlashtirishga tayyorligini bildirdi.
Aroqchi esa AQSh bilan muzokaralarning joriy holati va Eronning pozisiyasi haqida ma’lumot berdi.
Vazirlar vaziyatga diplomatik yechim topish maqsadida yaqin aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.