Putinning Iturup oroliga tashrifidan so‘ng Yaponiya rahbariyati Rossiyaga qarshi bayonotlar bilan chiqqani yuzasidan Yaponiya elchisi Akira Muto 18 avgust kuni Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va u yerda Yaponiya rahbariyatining bayonotlari munosabati bilan qat’iy norozilik bildirildi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin diplomatga Rossiyaning janubiy Kuril orollari ustidan suvereniteti va yurisdiksiyasi buzilmas ekanligini, ularning maqomi Ikkinchi jahon urushi yakunlari va xalqaro hujjatlar bilan uzil-kesil mustahkamlanganini ta’kidladi.
Suhbat chog‘ida Rossiya tomoni Tokioning Kuril orollari janubiy qismining tegishliligini shubha ostiga qo‘yish urinishlarini qat’iyan rad etdi.
"Rossiyaning janubiy Kuril orollari ustidan suvereniteti va yurisdiksiyasi daxlsiz. Bu hududlar Ikkinchi Jahon urushi yakunlariga ko‘ra Rossiyaga o‘tkazilgan. Yaponiyaning ushbu haqiqatni shubha ostiga qo‘yishga qaratilgan har qanday urinishlari mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan va noqonuniy", - deyiladi TIV bayonotida.
Avvalroq, Putin birinchi marta Kurill orollariga tashrif buyurgani, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Iturup va boshqa shimoliy orollar mamlakatning “asl hududi” ekanini ta’kidlab, Rossiya prezidentining tashrifiga keskin norozilik bildirgani haqida xabar bergan edik.
Kiritildi: 14:16 19.08.2026.
O'qildi: 1325 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.