Kelasi mavsum O‘zbekistondan ikki klub Elit Osiyo Chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilishi mumkin.
Endilikda Elit Osiyo chempionlar ligasi uchun O‘zbekistonga 1+1 yo‘llanma taqdim etiladi. Yo‘llanmalar quyidagicha taqsimlanadi:
"Neftchi" - Elit OCHL;
"Paxtakor" - Elit OCHL saralashi;
"Nasaf" OCHL 2.
Agar "Paxtakor" Elit OCHL saralashidan o‘ta olmasa, OCHL 2 turnirida ishtirok etadi. Bu yuz bergan taqdirda, O‘zbekiston sharafini OCHL 2'da ikki klub himoya qiladi.