Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yangihayot va Sergelida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etilmoqda

Yangihayot va Sergelida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etilmoqda


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot va Sergeli tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “M.M” MCHJ dorixonasi sotuvchisi D.R. 200 dona hamda “G.P.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi S.S. 150 dona “Benzonal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, Departamentning Andijon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan S.M. fuqaro X.X.ga 10 dona “Tropikamid” va 10 dona “Regapen” nomli dori vositalarini 3,7 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 10 dona kapsuladagi dori vositasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:30 04.10.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!