Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda yuz bergan 7 ballik zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi

Qirg‘izistonda yuz bergan 7 ballik zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi

6 oktyabrga o‘tar kechasi, soat 01:29 da Qirg‘izistonning Jalolobod hududida episentri 7 ballni tashkil etgan zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila episentri Toshkentdan 199 km shimoli-sharqda ekanligi aytilmoqda. Episentrda sezilish kuchi 5,7 ballni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Namangan viloyatida 3-4 ball, 106 km;
Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 176 km;
Andijon viloyatida 3 ball, 144 km;
Toshkent shahrida 2-3 ball, 199 km;
Sirdaryo viloyatida 2 ball, 275 km.

Kiritildi: Bugun 02:16. O'qildi: 2621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!