XAMAS Siyosiy byurosi a’zosi Mahmud Mardaviy OAVda bu harakat AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo mojarosini hal qilish rejasi doirasida qurollarini tashlashga rozi bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bayonot Falastin guruhining Telegram’dagi kanalida e’lon qilindi.
"Mahmud Mardaviy Al Hadath telekanali va boshqa bir qancha ommaviy axborot vositalarining G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning borishi va harakatning qurollarni tashlash bo‘yicha pozisiyasi haqidagi yolg‘on da’volarini rad etdi", — deyiladi bayonotda.
Al Hadath avvalroq harakat o‘z qurollarini BMT shafeligida Misr va Falastin xavfsizlik kuchlaridan tuziladigan maxsus organga topshirishga tayyorligini bildirgan edi.